Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA va Qatar JCh-2022’ni tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tuzdi
FIFA va Qatar 2022 yilga jahon chempionatini tashkillashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzganini e'lon qildi. Bu korxona Qatarga JCh ishtirokchilari va muxlislarga qulay sharoitlarni tashkil etishda ko‘mak ko‘rsatadi.
Qo‘shma korxona FIFA World Cup Qatar 2022 LLC degan nom oldi. 5 fevralda Dohada korxona boshqaruvining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu korxona 2022 yilgi jahon chempionatini arab dunyosida ilgari surish uchun javob beradi, uning faoliyati musobaqani o‘tkazishga qaratiladi, JCh tashkiliy qo‘mitasi esa infratuzilmani rivojlantirishni boshqarish va boshqa dasturlar bo‘yicha ishlashni davom ettiradi.
“FIFA bilan qo‘shma korxonani tuzish Qatardagi jahon chempionati loyihasi doirasida muhim onda yuz bermoqda, chunki biz turli infratuzilmalarni yakunlamoqdamiz, ular orasida stadionlar va mashg‘ulot maydonchalarini foydalanishga kiritish bor. Keyingi vazifamiz jahon chempionatlarini o‘tkazishdagi tajribani qo‘llash hisoblanadi”, deb aytgan jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi rahbari Hasan Al-Tavvadiy.
Al-Tavvadiy tashkiliy qo‘mita rahbari bo‘lib qolgan holda yangi korxona boshqaruv raisi lavozimini ham egallaydi.
Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha 7 ta shaharda, jumladan, Doha, Lusail, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayon, Umm-Salol va Madinat ash-Shamolda bo‘lib o‘tadi
Mavzuga oid
09:50 / 03.02.2026
FIFA rahbari Rossiya jamoalariga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga chaqirdi
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025