Qatarning sobiq amiri, mamlakat taraqqiyotining asosiy me’morlaridan biri bölgan şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi Al-Jazira telekanali.
Xabarga köra, Qatarda duşanba kunidan boşlab tört kunlik motam e’lon qilindi.
Şayx Hamad Qatarni 1995–2013 yillarda boşqargan va mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy yuksalişida hal qiluvçi örin tutgan. Uning rahbarligi davrida Qatar xalqaro maydondagi nufuzini sezilarli darajada mustahkamladi.
U yirik iqtisodiy investitsiya loyihalariga rahbarlik qildi va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirişga hissa qöşdi. Natijada Qatar dunyodagi suyultirilgan tabiiy gazning eng yirik eksportçisiga aylandi.
Şayx Hamad davrida 2004 yilda Qatarning birinçi doimiy Konstitutsiyasi qabul qilindi. Şuningdek, munitsipal saylovlar joriy qilinib, ayollarga ovoz beriş va nomzod sifatida qatnaşiş huquqi berildi.
U 2013 yilda hokimiyatni öğli va vorisi şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga topşirgandi.











