Ayni vaqtda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston TIVdagi manba ma’lum qildi.
Prezident Qatarning sobiq amiri, shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirib, dafn marosimlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
1995–2013 yillarda Qatarni boshqargan amir Hamad 12 iyul kuni 74 yoshda vafot etdi. U amirlikning hozirgi rahbari, shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning otasi edi. Uning boshqaruvi davrida mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan va Qatarning xalqaro maydondagi nufuzi sezilarli darajada mustahkamlangan.
U yirik iqtisodiy investitsiya loyihalariga rahbarlik qilgan va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga hissa qo‘shgan. Natijada Qatar dunyodagi suyultirilgan tabiiy gazning eng yirik eksportchisiga aylangan.















