Jahon | 19:03 / 05.02.2019
17129
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Tojikiston fuqarolarini Rossiyada ishlash uchun «kir yo‘llardan» yurmaslikka chaqirdi

Rossiya Federatsiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tojikiston fuqarolarini Rossiyada ish bilan ta'minlashda «loyqa yo‘llarni» chetlab o‘tishga chaqirdi va rasmiy Dushanbega mehnat muhojirlarining huquqlarini nazorat qilish borasida bir necha kelishuvlarni amalga oshirishni taklif qildi.

— Muhojirlar Rossiya Federatsiyasiga turli «kir usullar» bilan yo‘l olishidan avval ular bilan ish olib borilishi juda muhim. Ular ish beruvchisi kimligi, bu qonuniy ish ekanligi, ularning pasportini olib qo‘ymasliklari, har qadamda konvertda pul beravermaslik kerakligini bilishlari kerak, — deydi Lavrov rus-tojik slavyan universitetida nutq so‘zlarkan.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, taklif etilgan kelishuvlar mehnat migratsiyasi tizimi boshqa yurtdan kelganlar uchun butunlay qonuniy va qulay bo‘lmog‘i kerak.

Ma'lumot uchun, 2018 yilning dastlabki ikki choragida sobiq ittifoq davlatlaridan kelgan muhojirlar Rossiyadan o‘z yurtlariga 6,69 mlrd. dollar jo‘natgan. Umumiy pul jo‘natmalaridan 1,15 mlrd. dollari Tojikiston fuqarolariga tegishlidir.

Мирзаёр Эркинов
Tayyorlagan Мирзаёр Эркинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid