Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilning 1 mayga qadar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi loyihasini kiritishadi.
Konsepsiya loyihasini ishlab chiqishda quyidagi masalalarni hal etishga alohida e'tibor qaratiladi:
• O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks yondashuv va strategik vazifalar;
• qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish;
• zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, sanoat va ekologik xavfsizlikning yuqori darajasini ta'minlaydigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obektlari hamda tegishli infratuzilmani barpo etish;
• O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi yetakchi xorijiy kompaniyalarda ularning stajirovkasini tashkil qilish.
Bundan tashqari, yuqorida nomlari tilga olingan idoralarga 2019 yilning 1 oktyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari portfelini kiritishni ta'minlash vazifasi ham yuklatilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
09:29 / 06.11.2024
O‘zbekistonda 2030 yilgacha “yashil” energiya manbalari 40 foizga yetkaziladi
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
10:10 / 25.10.2024