Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekenergo» binosi joylashgan yerda mehmonxona quriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJning “O‘zbekenergo” ma'muriy binosi joylashgan yer uchastkasida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, zamonaviy mehmonxona kompleksi qurish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari E.M.G‘aniyev va A.A.Abduhakimov bir oy muddatda “O‘zbekenergo” AJ ma'muriy binosi joylashgan hududda zamonaviy mehmonxona kompleksini qurish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlik va “O‘zbekenergo” AJni joylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Qarorda nazarda tutilgan ma'muriy bino Istiqlol ko‘chasi, 6-uyda, Toshkent davlat yuridik instituti to‘g‘risida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026