Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi «Turkmaniston havo yo‘llari» uchun osmonini yopdi
4 fevralda Yevropaning aviatsiya xavfsizligi agentligi “Turkmaniston havo yo‘llari” (Türkmenhowayollary) aviakompaniyasini qora ro‘yxatga kiritib, ushbu kompaniya samolyotlarining Yevropa Ittifoqi davlatlariga hamda ittifoq hududi ustidan tranzit parvozlarini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar berdi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, aviakompaniya xalqaro xavfsizlik standartlariga amal qilishini tasdiqlashi lozim. Aviakompaniya standartlarni qanday buzganiga aniqlik kiritilmagan.
Parvozlar to‘xtatilgani sababli, aviakompaniyaning Ashxobod orqali Amritsardan Birmingem va Xitrouga hamda Nyu-Dehlidan Xitrouga reyslari bekor qilingan.
Independent nashrida ta'kidlanishicha, voqea sababli Hindistonda bo‘lgan va Turkmaniston aviakompaniyasi chiptalarini sotib olgan 5 ming kishi jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Ashxobod-Frankfurt va Ashxobod-Parij reyslari ham bekor qilingan.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi muammoni hal qilish uchun aviakompaniyaning vakolatxonalariga murojaat qilishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
08:50
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026