Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi ballistik raketa taqdim qildi
Eron uchish uzoqligi ming kilometrni tashkil qiluvchi, “Dizful” deb nomlangan yangi ballistik raketasini taqdim qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.
Taqdimot marosimi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokosmik kuchlari uchun ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi yer osti zavodida korpus qo‘mondoni Muhammad Ali Ja'fariy ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
“Marosim vaqtida “yer-yer” turidagi “Dizful” aqlli ballistik raketasi taqdim qilindi. Bu raketa parvozi ming kilometrni tashkil qiladi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Taqdimotda ta'kidlanishicha, Eronning mudofaa imkoniyatlari bosib turuvchi xarakterga ega va mamlakat milliy xavfsizligiga mos keladi. Shu bilan birga “Eron urush boshlash niyatida emasligi” ta'kidlab o‘tilgan.
O‘tgan hafta Eron uchish uzoqligi 1350 kmdan oshuvchi “Xuvayzo” qanotli raketasini taqdim qilgandi. Raketa belgilangan masofani past balandlikda bosib o‘ta oladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026