Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda kondagi portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Foto: CC0
JARning qarovsiz ko‘mir konlaridan birida yer ostida lesotolik o‘g‘rilar bo‘lganda metan portladi.
Mahalliy nashr “IOL”ning ma'lum qilishicha, kon 4 oydan beri faoliyat yuritmayotgan bo‘lgan, u yerda shamollatish va elektr energiya tizimlari ishlamagan.
Portlash 42 kishi kondan uskunalarni o‘g‘irlamoqchi bo‘layotganda yuz bergan.
2 kishini vayronalar ostidan yordamga kelgan sheriklari, yana 14 kishini qutqaruvchilar chiqarib olishgan. Og‘ir jarohatlar olgan 5 kishi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda kondagi vayronalar ostida 26 kishi qolmoqda, ularning ahvoli haqida hech narsa ma'lum emas.
Mavzuga oid
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025