Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada AQShning boshpana oluvchilar va muhojirlar uchun mo‘ljallangan xizmati yopilmoqda
AQShning fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) Moskvadagi ofisining 29 mart kunidan yopilishini e'lon qildi. Bu xizmatga tushayotgan yuklamaning kamaygani bilan bog‘langan. Xizmat tashrif va arizalarni qabul qilish uchun ochiq bo‘ladigan oxirgi kun 28 fevral bo‘ladi.
USCIS ofisi yopilgandan keyin uning vazifalarini Afinadagi ofisi bajaradi. U Moskvadagi ofis javobgarligida bo‘lgan O‘zbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Estoniyadan murojaat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ofis vazifalarining yana bir qismini Moskvadagi elchixona o‘z zimmasiga oladi.
USCIS viza olish uchun iltimosnomalar, naturallashtirish va boshpana berilishi bo‘yicha so‘rovlar, qochqinlar arizalarini ko‘rib chiqish, arizachilarga xizmat ko‘rsatish markazlari chiqargan qarorlarni tasdiqlash hamda AQSh immigratsiya siyosatiga oid boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Xizmat, shuningdek, AQShda siyosiy boshpana taqdim qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha suhbat o‘tkazadi va AQShdan deportatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026