Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat yuridik universiteti uchun test sinovlaridagi fanlar taqsimoti o‘zgardi
Toshkent davlat yuridik universiteti uchun test sinovlarida endi asosiy ballar tarix fani bo‘yicha bilimlar uchun emas, ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha bilimlar uchun beriladi.
Davlat qabul komissiyasining 2019 yil 31 yanvardagi 15-son majlis bayoniga binoan, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta'lim yo‘nalishi uchun test bo‘yicha muvofiq keluvchi fanlar majmuasi quyidagicha belgilandi:
- Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha — 3,1 ball;
- Chet tili fani bo‘yicha — 2,1 ball;
- Tarix fani bo‘yicha — 1,1 ball.
TDYuU ma'muriyati ham Kun.uz’ga ushbu o‘zgarishni tasdiqladi.
Ta'kidlanishicha, talabalarda yurist kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash hamda ulardan foydalanish, huquq normalarini sharhlash va qo‘llash kabi bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish uchun til bilish qobiliyati, shu jumladan xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish zarur. Shu sababli fanlar taqsimoti o‘zgargan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqlimshunos: “Kuzatilayotgan issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy ta’sir qilmoqda”
O‘zbekiston | 10:04
-
Yandex Uzbekistan svetofor chiroqlarini real vaqtda xaritalarda ko‘rsata boshladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda
Jahon | 09:54
-
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Avto | 09:21
Mavzuga oid

14:33 / 21.07.2025
Test natijasi qachon chiqadi? Uni qanday, qayerdan bilish mumkin?

11:29 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

23:48 / 15.07.2025