Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta paxta tozalash korxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonalarida urug‘lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, korxonalar omborlaridagi 2018 yil mavsumidan ortib qolgan dorilangan sara urug‘lik chigitlarning 158 tonna bo‘lgan jami 539,8 mln so‘mlik qismi saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida zararkunandalar bilan zararlanib, ekishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan va bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026