"Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti talabalari Tourism challenge doirasida Toshkentga sayohat qilishdi
Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti talabalari Tourism challenge tanlovi doirasida Toshkent shahriga tashrif buyurib, poytaxt bo‘ylab sayohat qilishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidakbarxon Akbarov Kun.uz'ga shu haqida ma'lum qildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3514-sonli qarori asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm chorlovi) tanlovi e'lon qilingan edi.
Mazkur tanlovda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining 35 nafar faol talabasi faollik qilib, tanlovning elektron manzilidan ro‘yxatdan o‘tdi va shu yilning 7 fevral kuni ular uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida dastur asosida Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi ziyoratgoh, Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi, Hazrati imom majmuasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi
va Temuriylar tarixi muzeyi, shuningdek O‘zbekiston mehmonasiga tashrif buyurishdi.
Yoshlar sayohat davomida Tourism challenge (Turizm chorlovi) bo‘yicha Temuriylar tarixi muzeyidagi tanlov uchun maxsus o‘rnatilgan xaritaga universitet nomidan o‘z atributi (universitet nomi yozilgan bayroq)ni joylashtirishdi.
"Tourism challenge loyihamiz haqida e'lon qilganimizga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, unga qiziqish bildirayotgan yoshlarning soni kundan-kunga oshib bormoqda. Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti talabalari ham tanlovda ishtirok etib, poytaxtga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida ular uchun "O‘zbekiston" mehmonxonasida malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi", - deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidakbarxon Akbarov.
Bundan avval Kun.uz'da yoshlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chorlanayotganiga oid xabar berilgan va tanlov shartlari tanishtirilgan edi.
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024
Amerikalik ayol bor mulkini sotib, orzusidagi sayohatga chipta olgandi. Ammo unga kemaga chiqish taqiqlandi
16:26 / 08.10.2024