Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda 435 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Pokistonga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 6,9 barobarga oshgan.
Qo‘mita keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2025 yilda Pokistonga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari tarkibida sayohat ustun bo‘lib, 272 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 95 nafar fuqaro xizmat yuzasidan, 67 nafar qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 1 nafar esa o‘qish uchun safar qilgan.
Shu bilan birga, 2025 yilda O‘zbekistonga qariyb 18 752 nafar Pokiston fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, pokistonlik turistlar soni avvalgi yilga nisbatan 3,4 barobarga ko‘paygan.
Pokistonliklarning safar maqsadlari bo‘yicha tarkibida ham sayohat birinchi o‘rinda: 10,7 ming nafar. Bundan tashqari, 5,8 ming nafar xizmat yuzasidan, 1,8 ming nafar o‘qish uchun, 404 nafar tijorat maqsadida va 74 nafar qarindoshlarni yo‘qlash uchun tashrif buyurgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:39
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
11:22
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
00:32 / 19.03.2026
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro janglarni vaqtincha to‘xtatdi
15:11 / 18.03.2026