OTB O‘zbekiston maktablari infratuzilmasini takomillashtirishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda
Xalq ta'limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ta'lim sifatini oshirish uchun hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha muhokamalar boshladilar. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov OTBning ijtimoiy sektor bo‘yicha katta mutaxassisi Shin Long boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki vakillari O‘zbekiston bilan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi bo‘yicha ish olib borayotganini alohida ta'kidladi va mazkur uchrashuv Xalq ta'lim vazirligi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlab olishga qaratilganligi aytildi.
Uchrashuv davomida OTB mutaxassislari davlat ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdi. XTVning asosiy vazifasi ta'lim sifatini oshirishdan iborat.
Shuningdek, maktablar infratuzilmasini, jumladan “Zamonaviy maktab” dasturi doirasida, takomillashtirish, o‘quvchilarning bilimi va o‘qituvchilarning malakasini baholash tizimini joriy etish hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda Osiyo taraqqiyot banki hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga xalq ta'limi tizimga axborot texnologiyalarini joriy etish hamda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) fanlarini o‘qitishni takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida OTB va boshqa xalqaro hamkorlarning moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalarni tayyorlash va muhokama etish kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
09:30 / 20.09.2024
OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
07:22 / 28.08.2024
OTB O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik strategiyasini boshladi
15:27 / 31.07.2024