Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul “Tolibon”ning Rossiyaga tashrifi yuzasidan BMTga arz qildi
Afg‘oniston hukumati BMT sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan “Tolibon” harakati a'zolarining Rossiyaga tashrifi yuzasidan BMTga shikoyat yo‘lladi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Telekanalning ta'kidlashicha, Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Nazifulla Salarzoy shikoyat jo‘natilganini tasdiqlagan.
Avvalroq Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha o‘tgan uchrashuv ishtirokchilari tinchlik jarayonini ilgari surish uchun “Tolibon” yetakchilarining BMT qora ro‘yxatlaridan chiqarilishini yoqlab chiqishgan. Afg‘on siyosatchilarining anjumani 5-6 fevralda bo‘lib o‘tgan va unda “Tolibon” vakillari hamda Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzoy boshchiligidagi afg‘on siyosatchilari va jamoat arboblari delegatsiyasi ishtirok etgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida ushbu anjuman afg‘on diasporasi tomonidan chaqirtirilgani va Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishning Moskva formati davomi hisoblanmasligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
13:44 / 02.03.2026
Moskvada biznesmen Umar Jabroilov vafot etdi
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026