Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:45 / 10.02.2019
22456
1 daqiqa o‘qiladi
Eronda zilzila sodir bo‘ldi
Foto: AFP 2019 / Frederick Florin
Eron janubidagi Hurmuzgon viloyatida 5,2 balli zilzila sodir bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi, deb xabar berdi IRNA agentligi Eron qutqaruv xizmati vakili Mujtabu Xolidiyga asoslanib.
Ma'lumot berilishicha, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lib, epimarkazi Keshma okrugidagi Laft qishlog‘i yaqinida joylashgan.
"Mazkur hodisa oqibatida uch kishi jarohatlandi. Barcha jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi", - dedi Xolidiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, zilzila natijasida 15ta turarjoyga shikast yetgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish