Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp senat qo‘mitasi uning Rossiya bilan aloqalarini tasdiqlovchi dalil topa olmaganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Richard Byorrga tayanib qo‘mita uning Rossiya bilan aloqalarini tasdiqlovchi hech qanday dalil topa olmaganini ma'lum qildi.
"Senator Richard Byorr, razvedka bo‘yicha qo‘mita rahbari hozirgina ikki yillik surishtiruv, ikki yuzdan ortiq intervyu va minglab hujjatlardan so‘ng Tramp va Rossiya o‘rtasida hech qanday maxfiy kelishuv yo‘qligini aniqlaganini xabar qildi. Kimdir bundan hayron qoldimi?" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Avvalroq AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyaning 2016 yildagi AQSh prezidenti sayloviga "aralashuvi" to‘g‘risida yangi hisobotni chop etgandi.
Rossiya bu ayblovni bir necha bor rad etgan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026