Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish muddati ma'lum qilindi
AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votelning ma'lum qilishicha, Suriyadan Amerika yerusti qo‘shinlarini olib chiqib ketish kelgusi bir necha hafta ichida boshlanishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shu bilan birga, amerikalik qo‘mondonning ta'kidlashicha, hamma narsa «u yerlardagi» vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
«Qo‘shinlarni olib chiqish masalasiga kelsak... Mening o‘ylashimcha, biz o‘zimiz xohlagan joyga to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz», - dedi Votel.
Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, harbiy uskunalardan ko‘ra odamlarni mamlakatdan olib chiqish osonroqdir. Hozirda qo‘mondonlik keraksiz materiallar va uskunalar bilan bog‘liq masalani hal qilmoqchi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Votel.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Suriya bo‘yicha rejalardan biriga qarshi chiqqandi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026