AQShda yirik muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan harbiy ishlanmalar reytingi e'lon qilindi
AQShning The National Interest nashri yirik muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan beshta harbiy ishlanmadan iborat ro‘yxatni tuzdi. Pirovard natijada, bu ishlanmalardan birortasi o‘z tasdig‘ini topmagan.
Bu qurollarni ishlab chiqishdan ko‘rilgan zarar 30 mlrd dollarga yaqinni tashkil qilgan.
Antireytingga o‘zi nishonga oluvchi snayard Brilliant Anti-Tank Munition yetakchilik qilmoqda. Ushbu supersnaryad sovuq urush yillarida sobiq ittifoq tanklariga qarshi ishlab chiqilgan. Snaryad istalgan tankning zirhini teshib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Biroq natijada loyiha ustida 2003 yilgacha ish olib borilib, so‘ngra bekor qilingan. Bu loyiha soliq to‘lovchilarga 2,2 mlrd dollarga tushgan.
2-o‘rinni RAH-66 Comanche vertolyoti egallagan. Bu sovuq urushi davriga mansub yana bir ishlanmadir. 1991 yilda vertolyotni Boeing va Sikorsky kompaniyalari qo‘shma jamoasi taqdim qilgan. Uning ilk parvozi 1996 yilda bo‘lib o‘tgan. Loyihaga 7,9 mlrd dollar sarflangan, biroq 2004 yilda xarajatlar o‘zini oqlamagani sabab yopib yuborilgan.
Ro‘yxatga, shuningdek, 155 mmli o‘ziyurar gaubitsa Crusader ham kiritildi. Bu loyiha 2002 yilda yopilgan.
2003 yilda AQSh “kelajak tanki”ni yaratish g‘oyasi bilan yongan. Future Combat Systems (FCS) jangovar tizimini ishlab chiqishga 18,1 mlrd dollar sarflab bo‘lingach, tank qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini hattoki loyiha mualliflari ham bilmasliklari aniqlangan. Natijada u ham o‘zini oqlamagan loyiha sifatida yopilgan.
Quruqlikdagi jangovar transport sifatida loyihalangan Ground Combat Vehicles’ga “bor-yo‘g‘i” bir milliard dollar sarflangan. Loyiha 2014 yilda bekor qilingan.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda AQSh harbiy budjeti 700 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024