Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ilk sayyohlik yo‘nalishi tashkil etildi
Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatdagi ilk sayyohlik yo‘nalishi – tabiiy va madaniy yodgorlik Al-Ula haqida e'lon qildi. Ushbu yodgorlik Al-Madina viloyatida joylashgan.
Hudud YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unda Madain-Solih sag‘anasi va qoya shaklidagi quyosh soatlari joylashgan. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon qirollikning ilk sayyohlik mintaqasini rivojlantirish strategiyasini taqdim qildi. Unga ko‘ra, 2023 yilgacha mintaqaga 230 ming, 2035 yilgacha ega 1,5-2 mln sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan. Al-Ula hududida milliy qo‘riqxona tashkil etiladi.
Avval Saudiya Arabistoniga asosan Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshiruvchilar tashrif buyurardilar.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026