Xudoyberdi To‘xtaboyev: O‘zbek adabiyoti sahifalarini Yevropa adabiyotiga berib bo‘ldik
Bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning yangi nashr qilingan asarlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri shu haqda xabar berdi.
Tadbirda yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev va o‘zbek bolalar adabiyoti vakillari qatnashib taqdimotdagi «Tagob qishloq ertaklari», «Shirin qovunlar mamlakati», «Uch sayyohning safari», «Donishmand bobo ertaklari» hamda «Sir ochildi» nomli kitoblar bo‘yicha o‘quvchilar, OAV xodimlariga batafsil ma'lumot berdi.
Kitob taqdimoti tadbirida yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zbek bolalar adabiyoti va uning muammolari haqida gapirdi.
«Tan olaylik, bugungi adabiyotimizda bolalarimiz uchun yozilayotgan asarlar juda oz. She'r yetarli, lekin proza...
«Birovning bolasini birovning otasi tarbiyalamasin», degan gap bor. Afsuski, bugun ko‘pchilik o‘zbek bolalari Yevropa adabiyoti namunalarini o‘qib katta bo‘layapti. O‘zbek adabiyoti sahifalarini Yevropa adabiyotiga berib bo‘ldik. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi», deydi yozuvchi.
Shuningdek, Xudoyberdi To‘xtaboyev O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tarkibida bolalar adabiyotini rivojlantirish bo‘yicha maxsus bo‘lim tashkil etish tashabbusini ham bildirdi. Balki kimdir bunday bo‘lim bor, deyishi mumkin, lekin men, bolalar yozuvchisi buni bilmayman, - deydi u.
Taqdimotda o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish, uning muammo va kamchiliklarini o‘rganish uchun yozuvchi va shoirlarning uchrashuv, konferensiyalarini tizimli ravishda tashkil etib borish, shu orqali ularning hamfikr bo‘lishini ta'minlash taklifi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi
Jahon | 23:43 / 21.06.2025
Mavzuga oid

17:15 / 22.03.2021
«Xudoyberdi To‘xtaboyev ketmadi – o‘zbekning bolaligi ketdi!» - yozuvchi haqida xotira

09:28 / 22.03.2021
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi

00:47 / 13.03.2020