Unda Pölat Möminninng «Qovoqvoy va çanoqvoy», Nosir Fozilovning «Qahr va mehr», Anvar Obidjonning «Quvnoq-quvnoq bolalar», Dilşod Rajabning «Yölim quyoş tomondir» asarlari taqdim etildi.

Tadbirda Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev sözga çiqib, bugungi adabiyot oldida turgan vazifalar haqida töxtalib ötdi.
«Hozir har birimizning yelkamizda katta mas'uliyat turibdi. Yurtimizda bölayotgan ruhiy özgarişlarni körsatadigan asarlar yarata olişimiz zarur. Qaraşlarimizga, xarakterimizga har kuni nimadir qöşilyapti. Ana şu özgarişlarni tanlab, ularni asarlarga singdiriş kerak», – deya Xudoyberdi Töxtaboyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yozuvçilar uyuşmasi Bolalar va ösmirlar adabiyoti kengaşi rahbari Orif Töxtaş ham sözga çiqib, endi bolalar uçun kitob çop etiş işlariga alohida e'tibor beriş zarurligiga töxtalib ötdi.
Fizika-matematika fanlari doktori, atoqli bolalar şoiri Pölat Möminning öğli Ozod Möminovning fikriça esa, bolalar adabiyotida ma'lum muddat yarq etgan iste'dodlar körinmay qolgan edi, hozir sekin-sekin bu yönaliş ham jonlanib bormoqda.
«Özbekiston aholisining törtdan biri bolalardan iborat. Ularning tarbiyasi biz uçun muhim, tarbiyani esa adabiyotsiz berib bölmaydi. Şuning uçun bolalar adabiyotida yaxşi asarlar doimiy ravişda yaratilişi kerak», – dedi Ozod Möminov.

Bundan taşqari, kitob taqdimotida «Bulbulça» bolalar aşula va raqs ansambli rahbari Şermat Yormatov ham sözga çiqib, bugun bolalar örganayotgan aşulalar va şe'rlarga alohida ahamiyat beriş zarurligini aytdi.
«Xalq ta'limi vazirligiga iltimos qilaman. Musiqa darslarida bolalarga huşyor bölişimiz kerak. Ularga özlarining yoşiga mos qöşiqlar, şe'rlar örgatişimiz kerak, katta yoşdagilarning qöşiqlarini emas. Bu ularning tarbiyasiga ham bevosita ta'sir qiladi», – dedi Şermat Yormatov.



















