Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev 89 yoşida vafot etdi.
Xudoyberdi Töxtaboyev 1932 yilda Farğona viloyatining Katta Tağob tumanida (hozirgi Özbekiston tumani) tuğilgan.
U 1949 yil Qöqon pedagogika institutini, 1955 yil Toşkent Davlat universitetini (hozirgi Özbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.
Xudoyberdi Töxtaboyev faoliyatini Farğona viloyatidagi maktabda dars berişdan boşlagan, keyinroq öquv işlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida işlagan. 1958 yildan boşlab keyingi 14 yil mobaynida «Toşkent oqşomi», «Sovet Özbekistoni», «Toşkent haqiqati», «Qizil Özbekiston» gazetalarida, «Guliston», «Gulxan», «Şarq yulduzi», «Yoş kuç» jurnallarida 300dan ortiq feletonlarini çop etadi.
Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya töplamlarini, qissa va romanlarini yaratdi. Uning birinçi hikoyalar töplami «Şoşqaloq» 1961 yilda e'lon qilingan.
Xudoyberdi Töxtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, «Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi» (1982) unvoni sovrindori, Özbekiston xalq yozuvçisi (1991) hisoblanadi.
- Asarlari: «Sehrli qalpoqça» (Bu asarda voqealar qahramon tilidan bayon etilgan), «Sariq devni minib» (1968, jami 24 tilga tarjima qilingan), «Sariq devning ölimi» (1973), «Beş bolali yigitça» (1976), «Qasoskorning oltin boşi» (1981), «Yillar va yöllar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki şirin qovunlar mamlakatida» (1986), «Mungli közlar», «Sir oçildi» (1964), «Omonboy va Davronboy sarguzaşti», «Jannati odamlar» (1996), «Şoşqaloq», «Söqmoqlar» va boşqalar.
Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi Töxtaboyev «Sehrli qalpoqça» ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (şuningdek, ukrain, fransuz va bir qator boşqa tillar) bilan tanilgan. «Sehrli qalpoqça» ertak-qissasi — yozuvçining rus tiliga tarjima qilingan birinçi kitobi. Ertak-qissa 1970 yilgi Butunittifoq tanlovida eng yaxşi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan. Xudoyberdi Töxtaboyev Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekiston xalq yozuvçisi unvonlari bilan taqdirlangan.
















