Artel kompaniyasi Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) qo‘shma korxona tashkil qilinganligi to‘g‘risida xabar berdi
2018-yilning 17-18 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning Toshkent shahriga bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari bir nechta korxona va tashkilotlarni, xususan, Artel korxonasiga ham tashrif buyurishgan edi.
Ushbu tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qilishgan hamda O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari ishbilarmonlarining o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash maqsadida, Tojikistonning Dushanbe shahrida Artel brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasini tashkil qilish haqida fikr bildirishgan.
Davlat rahbarlari tarafidan bildirilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Artel kompaniyasining vakillari tomonidan Tojikiston ishbilarmonlari bilan muzokaralar olib borildi va Tojikiston davlatining yirik keng profilli kompaniyalaridan biri bo‘lmish “Avesto Grupp” kompaniyasi bilan birgalikda hamkorlikni yuritishga kelishishdi. Bugungi kunda Dushanbe shahrida Artel brendi ostida maishiy texnika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Artel Avesto Elektroniks” qo‘shma korxonasi tashkil qilindi.
Hozirda qo‘shma korxona vakillari tomonidan ishlab chiqarish zavodining qurilish jarayonini tashkil qilish hamda ishlab chiqarish uskunalari bilan ta'minlash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Yangi ishlab chiqarish majmuasining ochilishi 2019-yilning oxiriga rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022