O‘zbekiston | 14:36 / 15.02.2019
8277
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agrobank tashabbuskor yoshlar bilan yangi marralarni zabt etadi

Bugungi kunda yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning tanlagan kasblari bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishi, kelgusida ularni moliya-bank sohalarida faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

2018 yilning 22 noyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida “Tijorat banklari faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning bank tizimi moliyaviy barqarorligiga hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri” mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda tijorat banklari oldiga bir qator muhim topshiriq va vazifalar belgilab berilgandi. 

Ushbu yig‘ilishdagi berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan sohaga bilimli, shijoatli va tashabbuskor yoshlarni ishga jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.  

Yaqinda Agrobank oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiyot, bank-moliya yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli yoshlarni ishga jalb etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkazdi.

Mazkur tanlov bankning mutaxassislari ishtirokida belgilangan mezonlar asosida tashkil etilib, talaba yoshlarning moliyaviy-iqtisodiy va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Tanlov yakuniga ko‘ra, ular orasidan eng iqtidorli 15 nafar talaba-yoshlar saralab olindi va ishga qabul qilindi.

Shuni qayd etish joizki, endilikda yoshlar nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda tajribali Agrobank xodimlari bilan ustoz-shogird an'anasi asosida faoliyat olib boradi. 

Kelgusida yosh mutaxassislar nafaqat Agrobank taraqqiyotini yanada rivojlantirishga, balki yangi yutuq va marralarni zabt etishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishiga ishonamiz.

Sayt: www.agrobank.uz

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid