Yangi qarorga muvofiq, nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklar ro‘yxati bo‘yicha nogironlikni yagona standartlar asosida elektron tarzda belgilash imkoni yaratildi.
Tizim dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida ishga tushiriladi.
Bemor ma’lumotlari asosida nogironlik guruhi, muddati, parvarish, reabilitatsiya va protez vositalarga ehtiyoj avtomatik tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimida shakllantiriladi.









