Hujjat bilan quyidagilarni belgilaydigan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari töğrisidagi nizom tasdiqlandi:
- davlat xaridlari elektron tizimini taşkil etiş tartibi;
- davlat xaridlari sub’yektlarini davlat xaridlari elektron tizimida röyxatdan ötkaziş qoidalari;
- davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari tomonidan qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaş va dastlabki monitoringni ötkaziş çoralari.
Belgilanişiça, 2025 yil 15 avgustdan boşlab:
- eng yaxşi takliflar va arizalar tanlaş natijalari böyiça şartnomalar davlat xaridlari elektron tizimida avtomatik tarzda şakllantiriladi, jismoniy şaxslar bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy şartnomalar bundan mustasno;
- davlat xaridlarida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qölda yoziladigan şaklda tuziladigan şartnomalar elektron şaklda tuziladi, xorijiy yetkazib beruvçilar bilan tuziladigan şartnomalar bundan mustasno;
- maxsus axborot portalida davlat xaridlari masalalari böyiça izohlar, takliflar va şikoyatlarni qoldiriş uçun qayta aloqa tartibi joriy etiladi;
- jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan bayonnomalar va tuziladigan şartnomalar yuzasidan kelib tuşgan e’tirozlar böyiça davlat buyurtmaçilari tomonidan ularni körib çiqiş natijalari haqidagi ma’lumotlar (qabul qilingan tegişli qarorlar) davlat xaridlari sohasida nazorat qiluvçi organlar uçun oçilgan şaxsiy kabinetlarda aks ettiriladi.
Davlat xaridlarini amalga oşirişda ularning hajmini qismlarga bölib taşlaşga yöl qöyilmaydi.












