O‘zbekiston ixtisoslashgan bilim va innovatsiya markazlarini yaratish uchun niderlandiyalik mutaxassislarni jalb qilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Moskva shahrida joylashgan Niderlandiya elchixonasining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Brauver Meuves bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida shu yil mart oyining birinchi yarmida Niderlandiyadan qishloq xo‘jaligi missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida BB, B2G va G2G formatlarida uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘zbekiston tomoni, ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish maqsadida kooperatsion birja, joylarga chiqib tanishuv tashriflar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishni taklif qildi.
Shuningdek, tomonlar Niderlandiyalik kompaniyalar tomonidan fermerlar uchun demo-prezentatsiyalar tashkil etish va O‘zbekistonning ixtisoslashgan universitetlarida mehmonlar tomonidan ma'ruzalar o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
O‘zbek tomoni ixtisoslashgan bilim va innovatsiya markazlarini yaratish uchun niderlandiyalik mutaxassislarni jalb etishga qiziqish bildirdi. Qishloq xo‘jaligi sohasida agroforumlarni, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar o‘tkazish va ilg‘or texnologiyalarni namoyish etish uchun platforma vazifasini bajaradigan “Horti“ markazining faoliyati ta'kidlandi.
Bu va boshqa tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida, tomonlar ikki mamlakat vazirliklari o‘rtasida hamkorlik tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun mas'ul xodimlarni aniqladi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
00:11 / 12.11.2024
Niderlandiya 9 dekabrdan chegara nazoratini joriy etadi
17:40 / 08.11.2024