Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining barcha tumanlarida namunaviy loyihalar asosida ichki ishlar bo‘limlari quriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida ichki ishlar organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrining barcha tumanlarida namunaviy loyihalar asosida ichki ishlar bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘quv-metodik markazi uchun yangi binolar qurish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi binosini mukammal ta'mirlash, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi uchun qo‘shimcha yangi tibbiyot bo‘limi va poliklinikasi binosini qurish va mavjud binosini mukammal ta'mirlash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar:
Toshkent shahrining barcha tumanlarida qurilishi rejalashtirilayotgan ichki ishlar bo‘limlarining namunaviy loyihasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati binosining namunaviy loyihasi;
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘quv-metodik markazining namunaviy loyihasi;
2019-2020 yillarda Toshkent shahrida ichki ishlar organlari va muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda nazarda tutilgan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash doirasida:
a) Toshkent shahrining barcha tumanlarida namunaviy loyihalar asosida ichki ishlar bo‘limlarini qurish bo‘yicha:
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi – buyurtmachi etib;
“Prime tower group” MChJ – bosh loyihachi etib;
“Bilol buildings” MChJ – bosh pudratchi etib;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyini mukammal ta'mirlash bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kapital qurilish boshqarmasi – buyurtmachi etib;
“Meridian grand” MChJ – bosh loyihachi etib;
“Story grand servise” MChJ – bosh pudratchi etib;
v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati binosini qurish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kapital qurilish boshqarmasi – buyurtmachi etib;
“Arh – Intdefign” MChJ – bosh loyihachi etib;
“Kosonsoy qurilish invest” MChJ – bosh pudratchi etib;
g) Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi uchun qo‘shimcha yangi tibbiyot bo‘limi va poliklinikasi binosini qurish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kapital qurilish boshqarmasi – buyurtmachi etib;
“New generation art engineering” MChJ – bosh loyihachi etib;
“Garant aykservis” MChJ – bosh pudratchi etib;
d) Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘quv-metodik markazi binosini qurish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kapital qurilish boshqarmasi – buyurtmachi etib;
“Order max project” MChJ – bosh loyihachi etib;
“Renta qurilish” MChJ – bosh pudratchi etib belgilanishi mumkin.
2019 yil 1 mayga qadar mazkur qarorda nazarda tutilgan obektlar qurilish-montaj ishlarini loyihalashtirish ishlari bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi.
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublika Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda Dasturda ko‘rsatilgan yangi binolarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, obektlarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlarni olib borish uchun ruxsat beradi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026