Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozonib, Angliya Kubogida keyingi bosqichga chiqdi
Angliya Kubogining 1/8 finalida to‘rtinchi divizion vakili «Nyuport Kaunti» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi. Nyuportdagi «Rodni Parad» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi birinchi golni «Manchester Siti» futbolchisi Leroy Sane 51-daqiqada urdi. Ikkinchi bo‘lim davomida Filip Foden «shaharliklar» ustunligini oshirdi. O‘yin yakunida «Nyuport Kaunti» hujumchisi Padreyg Amond bitta javob goli urdi. Ko‘p o‘tmasdan Foden dublni rasmiylashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda «Siti» havbeki Riyoz Mahrez yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogida chorak finalga chiqdi. Bungacha «Uotford», «Brayton end Houv Albion» va «Milluoll» klublari keyingi bosqichga chiqishgandi.
Angliya Kubogining 1/8 finalidagi qolgan uchrashuvlar 17 va 18 fevral kunlari o‘tkaziladi.
Angliya Kubogi
1/8 final
Nyuport – Manchester Siti 1:4 (0:0, 1:4)
Gollar: 0:1 – 51 Sane, 0:2 – 75 Foden, 1:2 – 88 Eymond, 1:3 – 89 Foden, 1:4 – 90 Mahrez.
Nyuport – Dey, Pul, Demetriu, O'Brayyen, Bennett (Frenks, 86), Beykinson (Shien, 61), Uillmott, Lebedi (Dolan, 68), Batler, Mett, Eymond.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz, Danilo, Zinchenko, Silva (Gundo‘g‘an, 82), Fernandino (Laport, 79), Mahrez, Foden, Sane, Gabriel Jyezus.
Brayton – Derbi Kaunti 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Knokert, 2:0 – 45 Lokadiya, 2:1 – 81 Koul.
Brayton – Batton, Bern, Daffi, Saltor, Bernardo, Bissuma (Gross, 86), Kayyal, Knokert, Stivens, Djaxanbaxsh, Lokadiya (Dekeresh, 81).
Derbi Kaunti – Ros, Kio, Bogl, Meloun (Koul, 46), Tomori, Xolms (Merriott, 46), Xaddlstoun, Brayson, Uilson, Uogxorn, Nyudjyent (Yozefzon, 73).
Ogohlantirishlar: Tomori (20), Uilson (28), Meloun (35), Bissuma (76), Saltor (90).
Uimbldon – Milluoll 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Uolles.
Uimbldon – Remsdeyl, Gerrett (Barchem, 46), Naytingeyl, Sibbik, Makdonald, Uordsuort, Xartigan (Pinnok, 63), Oshiladja, Folivi, Pigott (Konnolli, 63), Maklolin.
Milluoll – Archer, Pirs, Uolles, Romeo, Kuper, Uolles, Uilyams, Leonard, Fergyuson, O`Brayyen (Elliott, 65), Gregori (Xatchinson, 90).
Ogohlantirishlar: Uordsuort (69), Uolles (75).
KPR – Uotford 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Kapu.
KPR – Lamli, Lyaystner, Xoll (Oseyi-Semyuel, 84), Biduell, Ferlong, Luongo, Vsholek (Eze, 76), Kazns, Frimen, Uells (Xemed, 71), Smit.
Uotford – Gomes, Kabasele, Xolebas, Yanmat, Britos, Xyuz, Kapu, Kleverli (Kina, 84), Sema (Mariappa, 74), Dini, Grey (Dukure, 74).
Ogohlantirishlar: Luongo (73), Mariappa (76), Dukure (86), Yanmat (90).
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025