Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriya konstitutsiyasi bo‘yicha savdolashib bo‘lmasligini aytdi
Suriya inqirozdan chiqish uchun muloqot qilishga sodiq qoladi, biroq konstitutsiya bo‘yicha savdolashishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqdagi uchrashuvda aytib o‘tgan.
“Biz raqiblarga suriyalik fuqarolar orasidan bo‘lgan agentlarining bizga konstitutsiyaviy komissiyada o‘z shartlarini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Asad. Uning aytishicha, ushbu kongress tarkibiga “Turkiya shotirlari” ham kirib olgan.
“Konstitutsiya milliy suverenitet kabi vatan taqdiriga taalluqli masaladir va uni pisand qilmaslikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, yo‘qsa urush vaqtidagidan qimmatroq haq to‘lashga to‘g‘ri keladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Asad.
Asad G‘arbning Ostona va Sochidagi muzokaralarda Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan urinishlarga xalaqit qilishga qaratilgan xatti-harakatlarini qoralagan.
Mavzuga oid
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026