Tashqi ishlar vazirligi huzurida Tarjimonlar byurosi tashkil etildi

Foto: TIV axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida Tarjimonlar byurosi tashkil etildi.
Hujjatda belgilanishicha, Tarjimonlar byurosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradigan davlat muassasasi hisoblanadi.
Tarjimonlar byurosining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
• O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaxslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinxron va izchil tarjima bilan ta'minlash;
• rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va xorijiy tillardagi matnlarining autentligini ta'minlashga ko‘maklashish;
• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
• O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining, shuningdek, shartnoma asosida davlat organlari xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmalari xodimlarining xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ko‘nikmalari rivojlantirilishini ta'minlash;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida og‘zaki va yozma tarjima bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Tarjimonlar byurosiga quyidagi huquqlar berildi:
• tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar asosida og‘zaki va yozma tarjima bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish;
• zarur holatlarda, mutaxassislarni, shu jumladan yuridik yoki boshqa tor ixtisoslik bo‘yicha maxsus malakalar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar matnlarini tarjima qilish uchun, soha bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini Tarjimonlar byurosiga, mehnat bozorining amaldagi kon'yunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov- shartnoma asosida tarjimonlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan kirimlar hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘lar, davlat va xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tarjimonlar byurosi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Jahon | 18:48
-
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:20
-
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan
Jahon | 18:10
Mavzuga oid

19:53 / 21.11.2022
“Gidlarga haqi to‘lab berilmoqda”. ShHT sammitida tarjimonlik qilib, haqini ololmaganlar haqidagi maqolaga munosabat bildirildi

14:11 / 20.11.2022
Haqini ololmayotgan gidlar: Samarqanddagi ShHT sammiti tarjimonlarining puli to‘lab berilmayapti

15:27 / 30.08.2022
“Xizmat pulli ekanini bilmagandik” - O‘zbekiston Muaytay federatsiyasi Malayziyada tarjimonning haqini bermagan

07:31 / 04.08.2022