2018 yilning 4 yanvar kunini Buxoro viloyati Ğijduvon tumani «Zarangari» QFY Paxtakor qişloğida istiqomat qilib kelayotgan 18 yoşli Sevinç heç qaçon unutolmasa kerak. Oilaning yakka-yu yagona farzandi şu kuni onasidan ajralib qolgandi…

Ona — 1973 yilda tuğilgan, Ğijduvon tumanidagi 10-maktabda 26 yildan buyon boşlanğiç ta'lim öqituvçisi sifatida işlab kelgan Gulmira Nuriddinova 2017 yil 27 dekabrda — maktabda qişki ta'til boşlanganidan foydalanib, salomatligini biroz tuzatib oliş maqsadida, Quyi Mahalla qişloğidagi özi işlaydigan 10-maktabning yonida, fuqaro S.X.ning uyida uning rafiqasi M.X. nomiga oçilgan YaTT şaklidagi xususiy klinikaga davolanişga boradi.

Unga mazkur xususiy şifoxonada yotib muolaja oliş buyuriladi. Va şunday ham böladi. 2018 yil 3 yanvar kuni keçqurun G.Nuriddinovaning turmuş örtoği Rahmat Muhammedov undan xabar olişga boradi.

Gulmira Nuriddinova eriga «meni bu yerdan olib keting», deydi. Lekin şifokor S.X.ning qizi S. bir paytlar özini öqitgan öqituvçisini uyda oçilgan şifoxonada qolişga köndiradi. «Siz bilan birga yotaman, özim qarayman», deydi sobiq öquvçi.

Er bölmiş R.Muhammedov qizga işonganiça şu kuni uyiga qaytib ketadi…

Ertasi kuni — 4 yanvar tongida şifokor S.X. negadir orqa davlat raqam belgisi yeçilgan «Captiva» maşinasida Gulmira Nuriddinovaning uyiga kelib, u yöqolib qolganini bildiradi.

Alhol, qarindoş-uruğ uni qidirişga tuşib ketadi. 4 yanvar kuni kunduzi soat 11lar çamasi «Havzak» MFY, Xöjalar qişloğidan ötuvçi Ğijduvon-Şofirkon yöli yoqasidagi Katta Ja'fari ariğining içidan Nuriddinovaning jasadi topiladi.

G.Nuriddinovaning jasadi topilgan joy

Uni kiyimlari bilan ariq içidan çiqarib olişadi. Quloğida bir dona ziragi va oyoğida bitta şippagi yöq bölgan.

Marhumaning otasi Fazliddin bobo Nuriddinov qizining, uning turmuş örtoği Rahmat aka öz rafiqasining, öğil Sevinç esa onaizorining ölimiga nima sabab bölganini aniqlaş uçun şunça vaqtdan buyon ovora-yu sarson.