Jahon | 23:00 / 19.02.2019
6219
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada suriyalik oilaning 7 farzandi yong‘inda halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Maksim Nichiporenko

Kanadaning Galifaks shahri politsiyasi shahar janubidagi uylardan birida chiqqan yong‘in oqibatida 7 bola halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bolalarning barchasi bir oilaning farzandlari bo‘lgan. Ularning ota-onasi shifoxonada qolmoqda.

Yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan erta tongda kelib tushgan. Yong‘in uyning birinchi va ikkinchi qavatini qamrab olgan, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. 

Kanadaning CTV telekanalining ma'lum qilishicha, gap suriyalik oila haqida ketmoqda. Qo‘shnilarning aytishicha, bolalardan kenjasi 3 oylik, to‘ng‘ichi 17 yoshda bo‘lgan. Qurbonlarning dafn marosimi 19 yoki 20 fevralda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid