Jahon | 22:31 / 19.02.2019
8362
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Isroildan natsistlar haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashni talab qildi

Al-Qudsda “Vishegrad to‘rtligi” davlatlari – Polsha, Chexiya, Vengriya, Slovakiya va Isroil o‘rtasida o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv bekor qilingandan keyin Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy vel Senk Isroilga polshaliklarning Ikkinchi jahon urushi vaqtida natsistlar bilan hamkorlik qilganlari va yahudiylarning tahqirlanishlariga (Xolokost) aloqadorliklari haqidagi so‘zlar uchun uzr so‘rash muhimligini eslatib o‘tdi.  

Polsha vakili Isroilni qat'iy munosabat bildirishga va Polshadan uzr so‘raydigan shaxsni tanlashga chaqirgan.

Aks holda Varshava javob berish uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llashga tayyor, biroq bu talab etilmasligiga umid bildirmoqda.

“Biz Isroilga tanlov shakli va uzr so‘raydigan shaxsni tanlash huquqini qoldiramiz. Biroq bu qat'iy munosabat bo‘lishi lozim”, deb aytgan Shinkovskiy vel Senk.

18-19 fevralda o‘tishi kerak bo‘lgan sammit Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning polshaliklarning Xolokostga aloqadorliklari haqidagi so‘zlaridan keyin bekor qilingan. Polsha Netanyaxuning so‘zlarini irqiy va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb atagan.

Mavzuga oid