Jamiyat | 12:23 / 19.02.2019
9645
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Qishloq qurilish bank” xodimlari malaka oshirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 22 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Xususan, mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi yuklatilgan.

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan mazkur vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan va uning doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bankda Boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etilib, unga Amerika Qo‘shma Shtatlari bank-moliya muassasalarida faoliyat ko‘rsatib tajriba orttirgan vatandoshimiz ishga jalb qilindi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Shuningdek, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va bank tizimiga joriy etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xorijning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va moliyaviy institutlarining malakali mutaxassislari, ekspertlarini jalb qilgan holda, bank xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari, seminarlar tashkil qilinmoqda.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan hamkorlikda bank xodimlari uchun seminar-o‘quv o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘quvlarga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Xalqaro bank instituti professor-o‘qituvchilari ma'ruzachi sifatida taklif qilingan.

Foto: Qishloq qurilish bank

– Bu o‘quvlar “Qishloq qurilish bank” bilan hamkorligimizning boshlanishi, – dedi Xalqaro bank instituti (Rossiya) prorektori Anna Zatevaxina.  – Kelgusida bunday turkumdagi seminar-o‘quvlar tizimli yo‘lga qo‘yiladi. O‘ylaymanki, bu bizning ekspertlarimiz uchun ham, “Qishloq qurilish bank” xodimlari uchun ham birdek foydalidir. O‘zbekistonda bank tizimida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar sharoitida, Rossiya bank tizimi  tajribalarini o‘rganish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. 

5 kun davom etadigan mazkur o‘quvlarda bankning turli tarkibiy  tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan 100 nafar xodimlar 2 guruhga bo‘lingan holda, o‘z malakalarini oshirmoqdalar. O‘quvlar interfaol o‘qitish texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid