Jamiyat | 17:18 / 20.02.2019
8187
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon moliya boshqarmasi aholiga bepul mevali daraxt ko‘chatlari tarqatmoqda

Andijon viloyati Oltinko‘l tuman moliya bo‘limi, tumandagi 250ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni 2 ming tup turli mevali daraxt ko‘chatlari bilan ta'minladi.  

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ko‘rsatmasiga asosan, Andijon viloyatidagi moliya bo‘limlari, g‘aznachilik va budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari 2019 yilda o‘z hududlaridagi kam ta'minlangan oilalar sharoitini o‘rganib, ularning shaxsiy tomorqalariga mevali daraxt, ertaki sabzavot ekilishiga amaliy yordam bermoqdalar.

“Hududlarga biriktirilgan xodimlar joriy yilning yanvar-mart oylarida xonadonlarga kirib, erta bahorda 5-10 tadan mevali daraxt ko‘chatlari va sabzavotlar ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Hozirgacha mevali daraxt ko‘chatlarini yetkazib bergan bo‘lsak,  yaqin kunlarda tumanimiz aholisiga tomorqaga ekish  uchun 25 ming tupga yaqin pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, karam va turli ko‘chatlarni bepul tarqatishni rejalashtirganmiz”, deydi Oltinko‘l tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Azizbek Xalilov.

Elmurod Ermatov, Andijon

 

 

Mavzuga oid