Fermer xo‘jaligi yerlarini pullab yuborgan shaxsga jazo tayinlandi
2019 yil 14 fevral jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani sudida R. B.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
R.B. aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2008 yil sentabr oyida U.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman hokimining 2008 yildagi qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi yerlarida mahalla guzari qurish uchun ajratilgan 0,40 gektar yer maydoniga mahalla guzari uchun qurilish ishlari amalga oshirmasdan, ushbu yer maydoni tuman hokimligi tomonidan xususiy uy-joy qurish uchun ajratilganligini aytadi.
So‘ngra 0,7 ga yer maydonini 12.420.000 so‘mga xususiy uy-joy qurish uchun sotib yuboradi. Bundan tashqari R.B. xuddi shu fermer xo‘jaligida 0,5 ga yer maydonini 5.400 AQSh dollariga, yana 0,5 ga yer maydonini 5.000.000 so‘mga, 0,4 ga yer maydonini 8.000 AQSh dollariga, 0,4 ga yer maydonini 8.500 AQSh dollariga, 0,3 ga yer maydonini 5.000 AQSh dollariga, 0,4 ga yer maydonini 8.000 AQSh dollariga, 0,4 ga yer maydonini 9.000 AQSh dollariga 0,3 ga yer maydonini 10.000 AQSh dollariga xususiy uy-joy qurish uchun sotib, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.
Sud sudlanuvchi B.R.ning jinoiy harakatlarini yuridik kvalifikatsiyasini muhokama qilib, dastlabki tergov organi tomonidan uning:
- «firibgarlik, ya'ni aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish»da ifodalangan jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi bilan;
- «firibgarlik, ya'ni takroran, aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish»da ifodalangan jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismining «b» bandi bilan;
- «firibgarlik, ya'ni takroran, aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing ancha miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish»da ifodalangan jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari bilan;
- «firibgarlik, ya'ni takroran, aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish»da ifodalangan jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining «a,b» bandlari bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb hisoblagan.
R.B. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining «a,b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va shu modda bilan Jinoyat kodeksi 57-moddasini qo‘llab 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ozodlikni cheklash jazosi R. B.ning yashash xonadonida sutkaning soat 21.00 dan 07.00 ga qadar o‘tash belgilandi va mazkur vaqtlar oralig‘ida yashash joyidan chiqishi cheklandi.
Sudlanuvchi B.R.ning zimmasiga quyidagilar yuklandi:
- alkogolli ichimliklar iste'mol qiladigan va ko‘ngilochar joylarga, jumladan, kafe, bar, restoran, tungi klub, tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yingohlarga bormaslik;
- ommaviy tadbirlarda, ya'ni bayram sayllari, namoyishlar, mitinglarda ishtirok etmaslik;
- jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik va yaqin munosabatda bo‘lmaslik;
- mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz, yashash va ish joyini o‘zgartirmaslik hamda Toshkent viloyati hududidan tashqariga chiqmaslik.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:10 / 02.11.2024