Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro “masxaraboz” Guaydoni Venesuelada saylovlar e'lon qilishga chaqirdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolif parlament spikeri, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydoni mamlakatda saylovlar e'lon qilishga chaqirdi.
“Nimaga u xalq ovoz berishi orqali ag‘darib tashlanishi uchun saylovlar chaqirtirmayapti? O‘z-o‘zini tayinlagan masxaraboz uni ag‘darib tashlashlari uchun saylovlar e'lon qilsin”, deb aytgan Maduro tibbiyot universiteti bitiruvchilari oldidagi nutqida.
Guaydo 23 yanvarda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Madurodan Guaydoni tan olishni va muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilishgan. Maduro bunga javoban o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolifat yetakchisini esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan.
Rossiya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar Maduroni qonuniy prezident deb, Yevropaning 20 dan ko‘proq davlati esa Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan olgan. Guaydo mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazilishini e'lon qilishi kerak.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
13:01 / 07.03.2026