Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 8 million so‘m miqdorda bir martalik pul mukofoti belgilanishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta'sis etilishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadilar.
Ushbu shaxslarga 8 000 000 (sakkiz million) so‘m miqdorda bir martalik pul mukofoti belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda 2020 yilning 1 yanvariga qadar “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bo‘lgan 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq ro‘yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2020 yilning 1 fevraliga qadar yubiley medallarini topshirish va pul mukofotlarini to‘lash tartibini belgilaydi, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medallari va ularning guvohnomalari blanklari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta'minlaydi;
2020 yilning 1 martiga qadar Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish Milliy rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, unda 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medallari bilan tantanali va bayramona vaziyatda mukofotlash chora-tadbirlari ko‘zda tutiladi.
Mavzuga oid
19:56 / 11.11.2024
Aleksey Navalniyning bevasi Magnitskiy nomidagi mukofot laureati bo‘ldi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
14:09 / 02.11.2024
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
16:21 / 06.10.2024