Jamiyat | 16:23 / 21.02.2019
7375
1 daqiqa o‘qiladi

Xonadonda yuz bergan yong‘in oqibatida 3 yashar qiz vafot etdi

Joriy yil 20 fevral kuni Buxoro shahrining Sheyxon ko‘chasida yashovchi Sh.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda Sh.B.ning birga yashagan 3 yashar qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Yong‘in nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o‘ynaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid