Turarjoylarning buzilişi kabi sönggi vaqtlarda tobora dolzarblik kasb etayotgan muammo mulk huquqini himoya qilişdek umumiy muammoning faqatgina bir qismidir, deydi iqtisodçi Yuliy Yusupov özining Kun.uz uçun yozgan maqolasida.

Agar biz zamonaviy, sivilizatsiyalaşgan jamiyat qurişni istasak, mulk huquqini himoyalaşning samarali tizimi hamda mulkdorlarning layoqatli sinfini yaratişimiz kerak böladi. Ularsiz huquqiy davlat, demokratik institutlar va bozor iqtisodiyoti barqaror faoliyat körsatişi imkonsiz.

Köpçilikning nazdida, mulk huquqini himoya qiliş garçi «töğri» bölsa-da, «real hayot»dan yiroq bölgan allaqanday abstraksiya. Allaqayoqdagi «Ğarb»da bu işlaşi mumkin, lekin biz boşqa voqealikda yaşaymiz va biz bunga yetişişimiz uçun eh-hey… Yoki hattoki mana bunday yondaşuv ham bor: mulk haqidagi gap-sözlar boyvaççalarga kerak, öğrilik ortidan orttirgan boyliklarini saqlab qoliş uçun. Yaqindagina qişloq xöjaligiga taalluqli bölmagan yerlarni xususiy mulk qilib beriş haqdagi qarorlarga reaksiyalarni yodga olaylik: «biz hali bunga tayyormasmiz», «yer — muqaddas narsa, uni xususiy qöllarga topşirmasligimiz kerak».

Aslida, mulk huquqini himoya qiliş — abstraksiya emas, aksinça, konkret va amaliy substansiya bölib, u nafaqat badavlat insonlarga, balki barçaga taalluqlidir. Buni esa insonlar öz huquq va manfaatlariga töğridan-töğri daxl qilinganidagina anglab yetişadi.

Bu esa har yerda, deyarli har kuni sodir bölmoqda. Masalan:

  • Turarjoy binolarini buzişmoqda va u yerda istiqomat qilayotgan odamlarni kvartiralaridan majburan çiqarişmoqda (köpçilik uçun bu özlari ega bölgan asosiy mulkdir);
  • Mulkdan foydalaniş va tasarruf etiş huquqini tartibga soluvçi ijara şartnomalariga ters ölaroq, tadbirkorlardan maydonlar, fermerlardan yerlar tortib olinmoqda;
  • Fermerlar faqat ma'lum bir turdagi mahsulot yetiştiriş va yetiştirilgan mahsulotni davlatga past narxlarda sotişga majburlanmoqda (bu yerda yerdan va yetiştirilgan mahsulotdan foydalaniş huquqlari buzilmoqda);
  • Öz mahsulotini erkin sotişni taqiqlaşmoqda, masalan, yaqindagina meva-sabzavotlar eksporti bilan bölganidek (eksport kvotalari, faqatgina davlat kompaniyalari orqali eksport qiliş, undan past sotişni taqiqlovçi çeklovçi narxlar örnatilişi);
  • Biznes hamkorlar şartnoma böyiça öz majburiyatlarini bajarmaydi, masalan, qarzlarni öz vaqtida qaytarmaydi, yetkazib berilgan mahsulotga haq tölamaydi (huquq-tartibot va sud tizimi esa jabrlangan tomonni umuman yoki yaxşi himoya qilmaydi);