Oldin ham ayollar bilan “köça jangi” qilib e’tiborga tuşgan hokimlik quriliş bölimining boş mutaxassisi uyni adaşib buzdirib qöyganini tan olgan. U uy egasiga zarar mahalliy budjetdan (!) qoplab berilişini aytgan. Ammo masala qariyb 1 yildan buyon yeçilmagan. Holat yuzasidan 6 oy oldin qözğatilgan jinoyat işining taqdiri esa noma’lumligiça qolmoqda.
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida fuqaroning qonuniy hujjatlarga ega uyi hokimlik vakili tomonidan buzdirib taşlandi. Kun.uz’ga murojaat qilgan uy egasi qariyb 1 yildan buyon zarar qoplab berilmayotganligini ma’lum qildi.
Fuqaro Erkin Usmonov 2023 yil noyabr oyida Yaşnobod tumanining Jarboşi mahallasida joylaşgan turarjoyni notarial tartibda sotib olgan. Köçmas mulk obektiga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilgan. Qolaversa, yer uçastkasi xususiylaştirilgan va bunga oida davlat orderiga ham ega.


“Turar joyda hali heç kim yaşamasdi. Şaroitdan kelib çiqib, sekin-asta qurib olayotgandim. Bir xonasi töliq bitgandi. Yonidan qöşimça xonalar qurib borayotgandim. Uçastka atrofi örab olinib, darvoza qöyilgandi.


2024 yil aprel oyida Yaşnobod tumani hokimligi quriliş bölimi boş mutaxassisi Mahmud Rahimjonov boşçiligida mahallamizda noqonuniy qurilmalarni buziş işlari olib borilgan. Jarayonda mening uyimni buzib taşlaşgan”, deydi Erkin Usmonov.



Şundan söng uy egasi hokimlik vakili Mahmud Rahimjonovni topib, uyi nega buzib taşlanganini söragan. Uy hujjatlarini tekşirib körgan Rahimjonov esa uni adaşib buzib taşlaşganini tan olgan hamda zarar qoplab berilişini aytgan















