Hindistonda to‘quvchilik fabrikasidagi portlashda 10 kishi halok bo‘ldi
23 fevral kunduzi Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi to‘quvchilik fabrikasidagi portlashda kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya va guvohlarga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali xabar berdi.
Voqea Bxadoxi okrugida yuz bergan. Guvohlarning ma'lum qilishicha, portlash shunday kuchda bo‘lganki, nafaqat fabrikaning o‘zini butunlay, balki yaqin oradagi bir nechta binoni ham vayron qilgan. Halokatning aniq sabablari hozircha noma'lum, biroq politsiya sanoat obekti hududida mushaklar ishlab chiqaruvchi noqonuniy ustaxona bo‘lganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
“Portlash yuz berganda fabrikada odamlar kam bo‘lgan. Vayronalar ostida kimdir qolgani ehtimoli kam”, deb aytgan shtat politsiyasi vakili Piyush Shrivastava.
Huquq-tartibot idoralari ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atib, tergov olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024