Jahon | 11:25 / 23.02.2019
6733
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In farzandlarining sumkasida yadro quroli bo‘lishini istamasligi haqida ma'lum qildi

Foto: REUTERS

Koreya yarim oroli masalalari bo‘yicha AQShning MRB markazi sobiq direktori Endryu Kim so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z farzandlari uchun yadro qurolidan voz kechishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda «Ryonxap» xabar tarqatdi.

Kimning so‘zlariga ko‘ra, Amerika davlat kotibi Mayk Pompeo Kim Chen Indan haqiqatdan ham yadrosizlanishga tayyor ekani bo‘yicha qiziqqan. Bunga javoban, KXDR rahbari turmush o‘rtoq va ota ekanini eslatib o‘tdi.

«...Men farzandlarim hayoti davomida o‘zlari bilan sumkada yadro quroli olib yurishlarini xohlamayman», - dedi Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRning AQSh bilan ikkinchi sammitdagi rejasi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid