Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya shaharlari bo‘ylab Suriyada jangarilardan tortib olingan qurol ko‘rgazmasi poyezdi yo‘l oldi
23 fevralda Moskvaning Qozon vokzalidan Suriyada jangarilardan o‘lja qilib olingan qurol-yarog‘ namoyish qilinadigan “Suriyadagi burilish” harbiy-tarixiy aksiyasi poyezdi Rossiya shaharlari bo‘ylab yo‘l oldi.
Suriyalik jangarilardan tortib olingan qurol-yarog‘ va texnika namoyish qilinadigan aksiya Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan prezident Vladimir Putin qarori bilan o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma tashkil qilingan poyezd 28,5 ming kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tib, 27 aprelda Rossiya qurolli kuchlarining madaniyat va istirohat bog‘i “Patriot”da finish qiladi. Bu finish Suriya mustaqilligi kuniga to‘g‘rilanadi. Bu vaqt ichida eshelon Rossiyaning 60 shahrida to‘xtash qiladi, Moskvadan Sevastopolga, Sevastopoldan Vladivostokka, Vladivostokdan Murmanskka va u yerdan yana Moskvaga qaytadi.
Eshelonda 20 ta vagon bo‘lib, undan 9 tasida T-55 tankidan boshlab, Xitoyda ishlab chiqarilgan tunnel mashinasigacha harbiy texnika joylashadi. 4 ta vagonda raketa-artilleriya quroli, uchuvchisiz parvoz qurilmalari, muhandislik qo‘shinlari, kimyo quroli va boshqalar ekspozitsiyalari tashkil etilgan. Yana bir vagonda harbiy rassomlar va fotosuratchilar ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan”, deb aytgan Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Andrey Kartapolov poyezdni kuzatish marosimida.
Uning ta'kidlashicha, sahna ko‘rinishidagi platformada Aleksandrov ansambli jamoalari, harbiy okruglar va flotlar qo‘shiq va raqs ansambllari chiqishlar qiladi. Poyezdda Rossiya armiyasi ramzlari va aksiya logotipi tushirilgan xotira suvenirlarini sotib olish mumkin bo‘ladigan do‘kon faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026