Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xorijiy investorning huquqlari tiklandi
Samarqand shahrida tashkil etilgan kichik sanoat zonasi ishtirokchisi bo‘lgan mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “DENIZ TERLIK” qo‘shma korxonasi rahbari Murad Kasar 4 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritish hamda 40 ta yangi ish o‘rinlarni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun barcha huquqlari tiklandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum bo‘lishicha,Murad Kasar 2018 yilning oktabr oyida Samarqand viloyat erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi qaroriga asosan Samarqand shahri, Ali Qushchi ko‘chasida joylashgan sobiq “Vaksina” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bino-inshootlarining bir qismini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish shartlari bilan yutib olgan.
Biroq, ushbu binoga ayrim shaxslar noqonuniy joylashib olib, xorijiy investor Murad Kasarning investitsiya loyihasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib kelishayotgan edi.

Narpay tuman Ma'muriy sudining adolatli qaroriga asosan bugungi kunda binoga kirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya loyihasini amalga oshirishga shart-sharoitlar yaratib berildi.

Bo‘lib o‘tgan sud jarayonlari hamda uning adolatli qaroridan so‘ng turkiyalik ishbilarmon Murad Kasar quyidagi minnatdorchilik gaplarini keltirdi:
“3-4 oy davom etgan sarsongarchilikka bugun chek qo‘yildi. Endi loyihamizni amalga oshirish uchun bor kuch va shijoatimni ishga solaman. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida qonun doimo ustuvor ekanligini ta'kidlagan holda, albatta turkiyalik ishbilarmon do‘stlarimni O‘zbekiston Respublikasiga sarmoya kiritishlariga chorlab qolaman”.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026