Jamiyat | 19:02 / 23.02.2019
14388
3 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ittifoqining “sotsial lift”i orqali yoshlar mas'ul lavozimlarga tayinlanmoqda 

Davlat rahbari  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratishi kerak”, degan fikrni ilgari surgan edi.  

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida tashkilot o‘z bag‘ridan mamlakatimizga sodiq xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni shakllantirib, uchirma qilishga erishdi.  Chunonchi,  2018 yilning avgust oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi  raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 

Bugun uning safdoshlari soni ortmoqda. Joriy hafta avvalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga kirishgan edi. 

Kuni kecha 3 nafar salohiyatli kadr ham munosib lavozimlarga tayinlandi. Shu vaqtga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zangiota tuman Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Nosirov Toshkent viloyatining ma'muriy markazi Nurafshon shahri hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, Ittifoqning Nurafshon shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Baxtiyor  Shirov Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komisciyasining mas'ul kotibi lavozimiga, tashabbuskor va serg‘ayratligi bilan katta jamoaning nufuzini ko‘targan Respublika yoshlar markazi Toshkent shahar bo‘linmasi direktori Husan Bekmurodov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mavzuga oid