Jamiyat | 09:42 / 24.02.2019
10877
6 daqiqa o‘qiladi

Bolalikning eng shirin, eng gullagan damlarini og‘riq bilan o‘tkazayotgan murg‘ak qalblar yordamga muhtoj

Dunyo saodati va yorug‘ kunlarga erishishning bosh yo‘li yaxshi niyatdagi amallarga bog‘liq. Go‘zal xulq-atvorning birinchi belgisi yaxshilikdir. Allohning ne'mati-yomg‘ir suvi yetib bormagan quruq yerga hayot berganidek, yaxshilik ko‘ngil sofligini saqlab, g‘iybatlardan xoli qiladi, do‘stlarni ko‘paytirib, odamlar qalbini o‘ziga rom etadi. Donishmandlar «Qalbida yaxshilik yashamagan odam insoniylik hissidan mahrum bo‘ladi», deb bejiz aytishmagan.

Xabarangiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Oqqon bilan og‘rigan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz 3 yoshli Behruzjon. Toshkent shahridan. Onasi Yuliya Zavadnova 12 yildan beri  uysiz, bir unikida-bir bunikida yashab keladi. Buning ustiga Behruzjonga oqqon tashxisi qo‘yilgan. 3 oydan beri bu dard bilan og‘rimoqda. Hozirda 2-kursda davolanyapti. Dori-darmonlar qimmatligi tufayli onasi qarzga botgan. Behruzjon yaxshilar ko‘magiga muhtoj. Onasi yaxshilar uchun doim duoda.

+99899 495 45 05 - Yuliya Zavadnova (onasi)

PAYME, Click, AGROBANK : 8600 0417 3058 4746

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz Odilbek Abduqodirov. U 2015 yil Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Oqqon xastaligiga chalingan Odilbek hozirda 6-kurs dorilarini kunduzgi bo‘limda olyapti. Onasi Sobira Sulaymonovaning ta'kidlashicha, dorilarni yetkaza olmayapti, qo‘ni-qo‘shnilardan qarz bo‘lib qolgan. Turmush o‘rtog‘i ham tayinli ishda ishlamaydi. Hozirda 4 yoshli Odilbek yaxshilar yordamiga muhtoj. Odilbekning oilasi saxovatpesha insonlar uchun doim duoda.

+99890 113 91 46 - Sobira Sulaymonova (onasi)

PAYME, Click​, AGROBANK : 8600 0417 7307 0801

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Navbatdagi bemorimiz jajjigina qizaloq 8 yoshli Nozima Xonimqulova. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Onasi Kochova Navro‘zning aytishicha, ahvoli birdan og‘irlashib qolgan. 

– Avval biz bilmagandik. Keyin analizlar natijasi qonda infeksiya bor deb chiqarishdi. Shifokorlar oqqon tashxisini qo‘yishdi. Qizim maktabda ham yaxshi o‘qirdi. Endi muolajalarni boshladik. Turmush o‘rtog‘im yagona boquvchimiz. Bu kasallikni uzoq davolash kerak ekan. Dorilari ham qimmat. Saxovatli insonlar yordamiga muhtojmiz», – deydi onaizor.

+99897 221 26 02 - Kochova Navro‘z (onasi)

PAYME, Click​, AGROBANK : 8600 0417 9432 5622

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

So‘nggi bemorimiz Andijon viloyati Andijon tumanidan kelgan 5 yoshli Saidkamol Solijonov. Saidkamol hozirda 3-kurs muolajalarini olyapti. Toshkentda ijarada turib davolanyapti. Ham ijara puli, ham dori-darmonlar oilani ancha qiynab qo‘ygan. Davolanishni davom ettirish uchun oila yordamga muhtoj. Saidkamolning otasi Rossiyaga borib ishlab keladi. 

– Bu yil ishlari o‘xshamay borolmadi, – deydi onasi Fazilatxon Maripova.

+99891 478 66 88 – Fazilatxon Maripova (onasi)

Maripov Solijon  (otasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

PAYME, Click​, AGROBANK : 8600 0423 6904 7781

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Bu murg‘ak qalblar orzularga to‘la. Ularning hayotdan umidlari ko‘p. Ular bizning moddiy va ma'naviy yordamimizga muhtoj. Albatta, Alloh taolo bandaning qilayotgan har bir ishidan, yurish-turishidan xabardor, uni har qanday holatda ham ko‘rib turadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida «Dunyo oxirat ekinzoridir», — deb insonga berilgan umr uning oxiratidagi o‘rnini belgilovchi asosiy amal ekanini ta'kidlaganlar. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetgunicha bu insonlarga yordam beraylik! Zero, chiroyli amallar, savob ishlargina insonning martabasini oshirishini unutmaylik.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid